Êàòàëîã êóðñîâûõ, ðåôåðàòîâ, íàó÷íûõ ðàáîò! Ilya-ya.ru Ëåêöèè, ðåôåðàòû, êóðñîâûå, íàó÷íûå ðàáîòû!

Èñòîðèÿ Áàõòè¸ðà

Èñòîðèÿ Áàõòè¸ðà


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI

JAHON IQTISODI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI

“SIYOSATSHUNOSLIK” KAFEDRASI

[pic]

Mavzu:Birinchi jahon urushi davrida xalqaro munosabatlar

Tayyorladi:Sultonov B.N.3-1a-00,XM

Tekshirdi:T.f.d.,prof., Farmonov R.F.

TOSHKENT-2003

Mundarija

1. Kirish 3
2. Urushning sabablari 4
3. Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari 5
4. Germaniyaning bosqinchilik rejalari 7
5. 1914-1917 yillardagi jangovor harakatlar 8
6. Bolgariyaning urushga qo’shilishi 12
7. Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya 14
8. Birinchi jahon urushining yakunlanishi 17
9. Xulosa 18
10. Foydalanilgan adabiyotlar 19

Kirish

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida keskinlashgan dunyoni qaytadan bo’lib olish uchun bo’lgan kurash Evropa davlatlarining ikki guruhi shakllanishiga olib keldi.Birinchi guruhda Germaniya boshchiligidagi Avstro-
Vengriya, Turkiya va Bolgariya bor edi. Ikkinchi guruhga esa Angliya,
Franciya, chor Rossiyasi kirgan edi. Keyinroq unga Italiya, Amerika Qo’shma
Shtatlari va boshqa davlatlar qo’shildilar.

Davlatlarning mazkur ikki guruhi o’rtasida mustamlakalarni bo’lib olish, ta’sir doiralarini qaytadan taqsimlash va XX asr boshlarida vujudga kelgan kuchlarning yangicha o’zaro nisbatiga mos ravishda yangi jaxon tartiblarini qaror toptirish uchun kurash borar edi. Bu shiddatli va ayovsiz kurashning o’ziga xos xususiyati shunda ediki, u milliy manfaatlar uchun emas, balki hali bo’lib olinmagan yerlarni qo’lga kiritish uchun intilayotgan yirik sarmoya egalarining manfaati uchun olib borilmoqda edi.
Bu – dunyoni qaytadan bo’lib olish, ulkan daromad va jahon bozorida alohida imtiyozlarga ega bo’lish uchun kurash edi.

1914 yil yozida Germaniya qayta qurollanish bo’yicha Antanta mamlakatlarini, harbiy tayyorgarlik bo’yicha Rossiya va Franciyani ortda qoldirdi. Mamlakat armiyasini jangovor holatga keltirish rejasi 1914 yil 31 martdayoq tayyorlab qo’yilgan edi. Bu narsa Germaniyaga juda qo’l kelar edi. Chunki u o’z raqiblaridan ustunlikka erishgan va urushni boshlash uchun eng qulay vaziyat edi. Ushbu ustunlik ham birinchi jahon urushining tezlashishiga sabab bo’ldi.

Avstriya imperatori Franc-Iosif(1830-1916) ancha keksaygan va hayotining so’nggi kunlarini o’kazmoqda edi. U mamlakatning so’nggi podshoxi bo’lib, deyarli 60 yil hukmronlik qilgan va avtoritar, yakka hukmronlik davlati tarafdori edi. Avstro-Vengriya siyosiy hayotida uning jiyani, taxt vorisi – ercgercog Franc-Ferdinandning ahamiyati katta edi. U
Serbiyani tor-mor qilish va bosib olish rejalarini tuzayotgan harbiy partiyaning rahbari edi. 1914 yil iyun oyi so’ngida Franc-Ferdinand
Serbiyaga bostirib kirishga hozirlik ko’rayotgan Avstriya qo’shinlarini ko’rikdan o’tkazish uchun Bosniyaga borishga qaror qiladi.

Sarayevo shaxri bo’ylab sayohati chog’ida Franc-Ferdinand va uning xotini serb armiyasi oficerlaridan tuzilgan “Qora qo’l” tashkiloti a’zolari tomonidan o’ldiriladi.
Berlin va Vena uchun xuddi shunday bahona kerak edi. Boshqa vaziyatda nizoni balki diplomatik yo’l bilan hal qilsa bo’lar edi, ammo sodir bo’lgan bu voqea Germaniya va Avstro-Vengriya uchun qulay paytda urushni boshlash imkoniyatini tug’dirdi. Berlinda Rossiya hali urushga tayyor emasligini bilsalar-da, Rossiya o’zining imkoniyatlarini safarbar qila olishini va ittifoqchilar topa olishini ham yaxshi anglar edilar.

Avstro-Vengriya hukumati Germaniya hukumati bilan maslahatlashib, 1914 til 23 iyulda Serbiyaga ultimatum berdi. U o’zini hurmat qiladigan hech bir davlat qabul qila olmaydigan qo’pol va keskin uslub bilan bitilgan edi.
Berlin va Venadagilar xuddi shunday bo’lishiga umid bog’lagan edilar.
Rossiyaning Avstro-Vengriya va germaniyani tinchlantirishga urinishlari behuda ketdi. Jang shiddat bilan yaqinlashib kelar edi. Urush bombasi
Yevropada, uning portlovchi o’zagi esa Sarayevoda edi. Bu bomba malgam portladi. 1914 yil 29 iyulda Rossiya imperatori Nikolay II harbiy safarbarlik haqidagi buyruqni imzoladi. 1 avgust kuni ham Germaniya safarbarlik e’lon qildi va shu kiniyoq Rossiyaga urush ochdi. Rus-german urushi boshlandi. 1914 yil 3 avgustda Germaniya Franciyaga urush e’lon qildi. 4 avgustda esa Angliya Germaniyaga urush e’lon qildi. Urush g’ildiragi shiddat bilan aylanib ketdi. 1914 yil 23 avgustda Yaponiya
Germaniyaga urush elon qildi va uning Xitoydagi bir qator yerlarini, shuningdek, Tinch okeanidagi Germaniyaga qarashli bo’lgan bir qancha orollarini bosib oldi. Turkiya kutilganidek Germaniyani qo’llab- quvvatladi.1914 yil 22 iyulda Turkiya harbiy vaziri shu haqda malgam berdi. 1914 yil 2 noyabrda Rossiya, 5 va 6 noyabrda esa Angliya va Franciya
Turkiyaga urush e’lon qildi. Nihoyat uzoq kelishuvlardan so’ng 1915 yil
23 mayda Italiya Avstro-Vengriyaga urush e’lon qildi. Shu tariqa birinchi jahon urushi boshlanadi.

Urushning sabablari
Urushning eng asosiy sabablari bu – Yevropa davlatlarining ikki harbiy- siyosiy guruhi – Antanta va Uchlar ittifoqi o’rtasida dunyoni qaytadan bo’lib olish uchun kurash va jahon bozorida ta’sir doiralarini qaytadan bo’lib olish , yangi yerlar zabt etish uchun kurash edi.
Har bir urushayotgan davlatning ma’lum bir maqsadi bor edi. Germaniyaning asosiy maqsadi Angliya va Franciyaning mustamlakalarini bosib olish,
Franciya va Rossiyani kuchsizlantirish, Yevropa va Osiyoda( Sharqiy O’rta
Yer dengizi mamlakatlari, Turkiya) o’z hukmronligini o’rnatish edi.

Avstro-Vengriya - Bolqonda ta’sir doirasini kengaytirish, zulm ostidagi slavyan xalqlarining milliy-ozodlik harakatini bostirish;

Angliyaning asosiy maqsadi Germaniyani kuchsizlantirish, uning mustamlakalarini bir qismini bosib olish, Usmoniylar imperiyasini bo’lish edi.

Franciyaning asosiy maqsadi Germaniyani kuchsizlantirish Germaniyaning
Elzas va Lotaringiya, Saar viloyatlarini, Reyn viloyatining bir qismini qaytarib olish;

Rossiyaning asosiy maqsadi Bolqonda va Bosfor hamda Dardanel bo’g’ozlarida o’z hukmronligini o’rnatish, Germaniyani kuchsizlantirish,
Avstro-Vengriyaning Bolqondagi hukmronlik havfini bartaraf etish;

Italiyaning asosiy maqsadi Afrika va Bolqonda yangi hududlar egallash edi.

Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari

Hali urush boshlanishidan ko’p vaqt o’tmay, Antanta davlatlari o’rtasida kelajak o’ljani qay tarzda bo’lib olish haqida muzokaralar boshlanib ketdi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov ittifoqchi davlatlarlar elchilari Paleolog va Byukenenga dunyoni urushdan keyen bo’lish rejalarini topshirdi. Bu dastur Germaniya va uning ittifoqchilarini to’la mag’lubiyatga uchratishni ko’zda tutar edi. Uning mazmuni quyidagicha edi:

1)Ittifoqchilarning eng asosiy maqsadi Germaniyaning harbiy qudratini sindirishdan iborat; 2)hududiy o’zgarishlar faqat milliy asosda o’tkazilishi lozim; 3)Rossiya ixtiyoriga Nemanning quyi oqimi va Sharqiy
Galiciya o’tishi kerak edi; Poznan, Sileziya va G’arbiy Galiciya Polshaga o’tishi kerak edi(uni Rossiyaga qaram davlat sifatida tiklash mo’ljallangan edi); 4)Franciyaga Elzas-Lotaringiya qaytarib berilar,Reyn viloyati va
Palatinatning bir qismi berilar edi; 5)Belgiyaning hududi Germaniya hisobiga kengaytirilar edi; 6)Shlezvig va Goldshtein Daniyaga qaytarib berilar edi; 7)Prussiya tomonidan 1866 yil anneksiya qilingan Gannover qirolligi qayta tiklanishi kerak edi; 8)Avstro-Vengriya uch davlat –
Avstriya, Vengriya va Chexiyadan iborat monarxiyaga aylantirilishi lozim edi; 9)Serbiyaga Bosnia, Dalmaciya, Gercegovina va Shimoliy Albaniya berilishi kerak edi;10) Serb makedoniyasi Bolgariga berilishi kerak edi;
11) Valona Italiyaga, Janubiy Albaniya Greciyaga berilar edi;12) German mustamlakalari Angliya, Franciya va Yaponiya o’rtasida bo’lib olinishi kerak edi; 13)Germaniya va Avstriyadan kontributciya undirib olinishi kerak edi.

Bu dasturdan ko’rinib turibdiki Rossiya asosan o’zining manfaatlaridan kelib chiqqan holda bu masalaga yondoshgan. 26 sentyabrda
Rossiya qo’shimcha talab bilan chiqdi. U Rossiya kemalarining bo’g’ozlardan erkin, hech qanday to’siqsiz kechishini ko’zda tutar edi.
Lekin rus hukumati Turkiya hududini bosib olish davo’larini hali qilmagan edi.

Turkiyani bo’lib olish masalasini ilk bor ingliz diplomatiyasi ilgari surdi. Sazonovning dasturiga o’z munosabatlarini bildira turib, Angliya tashqi ishlar vaziri Grey:”Agar Turkiya Germaniyaga qo’shilsa, bu davlat barham topishi kerak”- dedi. U tinchlik dasturiga german flotinig topshirilishi, Kil kanalining neytrallashtirish, Italiya va Ruminiyaning manfaatlari hisobga olinish kabi qo’shimchalar qo’shilshi kerakligini ta’kidladi. Lekin Grey Franciyaga Reyn viloyati berilishiga qarshi chiqdi.
Shunday qilib urushning dastlabki kunlaridan ittifoqchilar o’rtasida mustamlakalar borasida kelishmovchiliklar kelib chiqdi.

Turk merosini bo’lib olish borasida 1914 yilning o’zidayoq diplomatik kurash avj oldi. Ruslar uchun Turkiyaga zarba berishning eng qulay yo’li
Erondan, turklarning o’ng qanotini aylanib o’tib zarba berish edi. Ingliz hukumati bunga yo’l qo’yishni istamas edi. Grey rus elchisi Bekkendorf bilan suhbatida uni shu narsaga ishontirishga harakat qilar ediki, rus hukumati Eron hududidan Turkiyaga qarshi urushda foydalanmasligi kerak edi. Uning fikricha Rossiya o’z kuchlarini german frontidan chalg’itmasligi kerak edi. Germaniya bilan kurash Turkiya bilan urushning natijasini hal qilar edi. U agar Germaniya mag’lubiyatga uchratilsa,
Konstantinopol(Istanbul) va bo’g’ozlar masalasi Rossiya foydasiga hal qilinishini takidlaydi.

Oradan ko’p o’tmay Greyning fikrini Angliya qiroli Georg V ta’kidladi.
Lekin 1914 yil 14 noyabrda rus hukumatiga yuborilgan rasmiy notada birinchi o’rinda Rossiya bor kuchini german frontiga yuborishi, turk frontida esa faqat mudofaa bilan cheklanish kerakligi haqida gapirilar edi. Bo’g’ozlar va Stambul masalasi esa Rossiya roziligi bilan yechilishi kerakligi ta’kidlanar edi. Bu nota uncha ham ishonchli emas edi.

G’arbiy frontda qiyin vaziyat yuzaga kelgani sababli ittifoqchilar qo’mondonligi dushmanni yengish uchun boshqa malgamc yo’l izlay boshladilar. 1915 yil 25 fevralda ingliz va francuz kemalari Dardanel bo’g’ozi kiraverishida joylashgan fortlarni o’qqa tuta boshladilar.Dardanel operaciyasi muvaffaqiyat qozonishiga ishonib, Greciya bosh vaziri Venizelos
Greciya Antanta tarafida urushga kirishi va Dardanel bo’g’oziga desant va flot yuborishga tayyor ekanligini aytdi. Chor hukumati bundan juda hadiksiradi va Konstantinopol greklar qo’liga o’tib ketishidan qo’rqib
Greciyaning urushda qatnashishiga keskin norozi bo’ldi.

Lekin Greciya qiroli Konstantin Germaniyani qo’llab-quvvatlar va neytralitet tarafdori edi. U 1915 yil 6 martda Venizelosni iste’fo berishga majbur qildi. Greciya neytral bo’lib qoldi.

Agar Dardanel operaciyasi muvaffaqqiyat qozonadigan bo’lsa, bo’g’ozlar ustidan nazorat Angliya va Franciya qo’liga o’tar edi. Angliya va Franciya Rossiyaga berilgan va’da, yani Dardanel va Bosfor bo’g’ozlari hamda Konstantinopolni berishni biror bir rasmiy hujjat bilan mustahkamlashga shoshilmas edilar.

Germaniyaning bosqinchilik rejalari

Germaniyaning bosqinchilik rejalari o’z darajasiga ko’ra Antanta davlatlarining rejalaridan ham kengroq edi.German hukmron doiralari dunyoni tubdan o’zgartirishni talab qilar edilar. German hukmron doiralari orasida paydo bo’lgan ikki hujjat diqqatga sazovor:oltita eng yirik Germaniya iqtisodiy tashkilotlari chiqargan memorandum va olimlar memorandumi. Olti eng yirik iqtisodiy tuzilmalar memorandumi quyidagilarni nazarda tutar edi: ingliz, francuz, belgiyaliklar va boshqa davlatlarning mustamlakalarini bosib olish; Antanta davlatlari bo’yniga reparaciyalar yuklash; Belgiya ustidan protektorat o’rnatish; Franciyaning La-Manshdan Somma daryosigacha bo’lgan hududlarini qo’shib olish; temirga boy Brieyni, Verden, Vogez va
Belfor qasrlarini bosib olish. Shu bilan birga ushbu hududlarda bosib olingan yirik va o’rta yer mulklarni musodara qilish va ularni nemis oficerlari qo’liga berish ko’zda tutilgan edi. Haqiqiy yer egalarining zararlari esa Franciya hisobiga qoplanar edi.

Yevropaning sharqida ham yirik hududlarni Rossiya hisobiga qo’lga kiritish ko’zda tutilgan edi. Hujjat tuzivchilarning fikricha urushdan so’ng sanoatning rivojlanishi uchun yirik agrar baza kerak bo’lar edi.Shuning uchun ulkan yer resurslari talab qilinar edi. Yuqorida keltirilgan hujjat o’sha paytda paydo bo’lgan minglab shu kabi hujjatlardan biri bo’lib, ularning ba’zilari matbuotda e’lon qilinar, ba’zilari faqat hukmron doiralar uchun mo’ljallangan edi.

Germaniyaning hukmron doiralari buyuk davlatchilik shovinizmi bilan mast edilar va butun dunyoda Germaniya hukmronligini o’rnamoqchi edilar.
Ammo o’zlarini ko’klarga ko’tarib maqtaydigan ba’zi kishilardan farqli o’larog Germaniyaning o’sha paydagi kancleri Betman-Goltbeg ehtiyotkor siyosat tutdi va o’z chiqishlarida Germaniya bosqinchilik urushi olib bormasligini ta’kidlar edi.Ammo haqiqatda esa u juda katta hududlarni
Germaniya qo’l ostida birlashtirishga qaror qilgan edi.

1914-1917 yillardagi jangovor harakatlar

Germaniya qo’mondonligi harbiy harakatlar rejasiga muvofiq 4 avgust kuniyoq Belgiyaga asosiy hujumni boshladi.Bu yerda mudofaani yorib o’tish va Yevropaning hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan sanoat rayonlarini egallab, bir hamla bilan urushni yakunlash nazarda tutilgan edi. Germaniya qurolli kuchlari shiddatli hujum natijasida bir necha hafta mobaynida deyarli jangsiz Belgiyani bosib o’tdilar va Franciya hududiga kirib, Sena daryosi irmog’i bo’lgan Marna sohillariga chiqdilar.1914 yilning 5-12 sentyabr kunlari Marna bo’yida francuz va nemis qo’shinlari o’rtasida og’ir jangler bo’lib o’tdi. Unda nemis qo’shinlari mag’lubiyatga uchradilar.

Sharqiy Prussiyada rus askarlarining hujumga o’tganligi nemis qo’shinlarining mag’lubiyatida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Rus armiyasining hujumi dastlab muvaffaqiyatli boshlandi. U Galiciyani egallab,
Sharqiy Prussiya hududiga yorib kirdi.Germaniya qo’mondonligi rus qo’shinlarining hujumini qaytarish uchun askarlarining bir qismini Marna bo’yidan Prussiyaga tashlashga majbur bo’ldi.

1914 yil oktyabr oyida turkiyaning urushga kirishi munosabati bilan
Kavkazorti, Mesopatamiya, Suriya va Falastinning sharqiy chegarasida yangi frontlar vujudga keldi. Ammo turk armiyasi urushga tayyor bo’lmaganligi sababli Kavkazortida rus qo’shinlaridan bir qator og’ir mag’lubiyatlarga uchradilar.

1915 yil 23 mayda Italiya Antantaga qo’shildi, o’sha yil oktyabr oyida esa Bolgariya Germaniya-Avstriya ittifoqiga qo’shildi.

Marna bo’yidagi janglarda mag’lubiyat alamini tortgan ittifoqchi qo’shinlar Germaniyaning sherigi Turkiyani urushdan chiqarish uchun dengizda bir qator operaciyalarni malgam oshirdilar. 1915 yil fevral oyida ingliz – francuz floti Turkiyaning Dardanel bo’g’ozidagi istehkomlarni bombalashga kirishdi. Ammo bu hujumlar ko’zlangan natijani bermadi. Bu operaciya davomida 200 mingdan ortiq kishi halok bo’ldi va yaralandi.
Natijada ana shu hamla tashabbuskori, Angliya harbiy flotining birinchi lordi Uinston Cherchill vazifasidan chetlashtirildi.Shundan keyen uning siyosiy faoliyatida 25 yil tanaffus bo’ldi.

Shu bilan faol jangovor harakatlar to’htab qoldi. Butun yil davomida mantiqsiz turg’un urush davom etdi. Tomonlardan hech biri vujudga kelgan vaziyatni buzishni istamas edi. Lekin, diplomatlar faol ish olib bordilar.

Dardanell operaciyasining boshlanishi munosabati bilan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov ittifoqchilardan rasmiy majburiyat, yani Turkiya atrofidagi bo’g’ozlarni berishni talab qildi. U agar Rossiyaning ittifoqchilari o’z majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsalar u istefo berishga majbur bo’lishini aytdi. Bu shuni anglatar ediki uni Germaniya bilan ittifoqchi bo’lish tarafdori bo’lgan kishi bilan almashtirishlari mumkin edi.Ba’zi bir ma’lumotlarga ko’ra o’sha paytda rus podshosi saroyida qirolicha boshchiligida nemis saroyini qo’llab quvatlovchi katta firqa mavjud bo’lgan.

1915 yil 12 martda Angliya rasmiy nota orqali Konstantinopol va unga tutashgan hududni,Bosfor va Marmar dengizining g’arbiy qismini, Gallipol yarim orolini, Janibiy Frakiyani Rossiyaga berishini tasdiqladi. Lekin
Rossiya bu hududlarni faqatgina Angliya va Franciya Turkiyaning Osiyodagi mustamlakalarni bosib olsalargina, egalik huquqini olar edi. Rossiyaning qo’liga bo’g’ozlar o’tishi evaziga Angliya Eronning neytral deb e’lon qilingan hudidini olishi kerak edi.Bu esa Angliya qo’liga cheksiz neft zaxiralarining o’tishiga olib kelar edi.

Franciya esa Turkiyaga juda katta investiciyalar kiritgan edi. Shuning uchun Turkiyani bo’lib tashlash rejasiga Franciya salbiy munosabat bildirgan edi.Ammo Turkiyaning Osiyodagi yerlaridan katta ulush olishini mo’ljallagan Franciya hukumati 10 aprel kuni ingliz-rus shartnomasi shartlariga rozi bo’ldi.

Dardanel bo’yidagi operaciyaning barbod bo’lishi Antanta ittifoqchilarini G’rbiy frontdagi jangovor harakatlarga qaytishga majbur qildi. Germaniya ham Franciya hududida hal qiluvchi jangga kirishishni va uning qarshiligini sindirishni rejalashtirdi. Germaniya bosh shtabi
Franciyaga uning eng mustahkam mavqei – Verden qal’asi orqali hujum uyushtirishga ahd qildi. 1916 yil 21 fevralda germaniyaning 5-armiyasi ulkan harbiy operaciyani boshladi. Hujumdan oldin francuz istehkomlari to’plardan shiddatli o’qqa tutildi. Krupp zavodlarida tayyorlangan va uning qizi Berta nomi bilan “Katta Berta “deb atalgan o’ta kuchli to’plar bilan jami 850 ta og’ir to’p ishga tishdi. Jangda Evropaning eng qudratli ikki armiyasi yuzma-yuz keldi. Milliy g’urur tuyg’usi junbushga keldi.Franciya qo’mondonligi bir qadam ham chekinmaslikka buyruq berdi, askarlar so’nggi nafaslarigacha jang qildilar.Verden Franciyaning va francuz armiyasining ruxini ko’tardi. Verden ostonalaridagi jang 1916 yil 21 dekabrgacha davom etdi va ikkala tomonga ham katta talafotlar keltirdi. Franciya va Germaniya bu yerda 700 mingdan ortiq askar yo’qotdi.

Verden jangining yakunida Rossiya armiyasi katta rol o’ynadi. Bu yerdagi janglarning hal qiluvchi bosqichi general Brusilov qo’mondonligidagi rus armiyasining Janubiy-G’arbiy frontga hujum boshlashi va Avstriyaning 1,5 millonga yaqin askar va zobitini yo’q qilishi bilan yakunlandi.Shundan so’ng Avstro-Vengriya amalda jangovor harakatlar qilish qobiliyatini yo’qotdi, Germaniya esa tezda bu frontga o’zining asosiy zaxira kuchlarini tashlashga majbur bo’ldi.

Verden ostonalarida jang davom etayotgan bir paytda Antanta ittifoqchilari Somma daryosi bo’yida Verdendan 250 km va La-Manshdan 90 km bo’lgan ingliz mudofaa sektorida hujum boshladilar. Britaniya to’plari deyarli etti kun davomida german qo’shinlarini o’qqa tutdi.1916 yil 1 iyulda Britaniya ko’ngilli askarlari hujumga tashlandilar.Ularning soni
100 mingdan ortiq edi, ammo inglizlarning hujumi yerga chuqur ko’milgan nemis pulemetlarining shiddatli o’tiga duch keldi. Nemislarning talafoti ko’p edi, ammo inglizlar ham jami o’lganlar va yaralanganlar bilan 50 mingdan ortiq kishini yo’qotdilar. Bu mantiqsiz qonli qirg’inda hech qaysi tomon muvaffaqiyatga erisha olmadi.

1916 yili Yevropada hammasi bo’lib 2 milliondan ortiq kishi halok bo’ldi, ammo urushda o’zgarish bo’lmadi.Germaniya va Avstro-vengriya moddiy manbalari yugab borardi. Ingliz flotining ustunligi sababli dengiz tomonidan qilingan qamal nihoyatda samarali bo’ldi. Qamal tufayli Germaniya oziq-ovqat va malgamc xom-ashyolarning o’zidagi zaxiralari bilan kifoyalani9shga majbur bo’ldi. Bu esa surunkali urush olib borish uchun yetarli emas edi. Antantaga esa AQSh yordam berar va u o’z mustamlakalari manbalaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega edi.

Rossiyadagi ahvol juda og’ir edi. Uning hom – ashyosi va inson manbalari yetarli bo’lsa-da, iqtisodiy qoloqlik ulardan samarali foydalanish imkonini bermas edi. Transport tizimining tamomila izdan chiqqanligi, harbiy idoralardagi o’g’rilik, harbiy-siyosiy va iqtisodiy tuzulmalarning eskirgan tizimi va tartibsizliklar Rossiyani iqtisodiy va siyosiy inqiroz eshigiga olib keldi.

Bolgariyaning urushga qo’shilishi

Italiyaning siyosiy orientaciyasi va Uzoq Sharqdagi kurash bilan birga
Bolqon uchun kurash ham avj olib ketdi.Bu yerda Bolgariyaning ahmayati katta edi. Birinchidan Bolgariya eng katta armiyaga ega edi. Ikkinchidan o’zining qulay geografik yerda joylashganligi sababli u ham Serbiyaga , ham
Greciyaga va Ruminiyaga qulay hijum qilish uchun placdarm edi.Agar
Bolgariya Germaniya tarafida urushga kirsa, u holda Serbiya zarba ostida qolar edi va Ruminayaning Antantaga kirishinni qiyinlashtirar edi.Agar
Bolgariya Antantaga qo’shilsa, u holda serbiya uchun yordam taminlanar edi va Greciya va Ruminiya Bolgariyadan namuna olar edilar.

Shunday qilib 1914 yildagi urush holatida Bolgariya butun Bolqon yarim orolining kalitiga aylandi.Shuning uchun urushayotgan davlatlar urushning dastlabki kunlaridan bolgariyani o’ztaraflarida urushni boshlashga harakat qildilar.Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov shuning uchun ham
Bolgariyani Rossiya tarafiga og’dirish uchun ko’p zo’r berdi. Antanta
Bolgariya bilan kelishuvga faqat bir holda erishishi mumkin edi.Bu ham bo’lsa Serbiya va Greciyani 1913 yil Bolgariyadan tortib olgan hududlarni qaytarib berishga ko’ndirish edi.Sazonov 1914 yil avgust oyidan boshlab serb va grek hukumatlariga Bolgariyaga ba’zi bir yon berishlarga borishini so’rab murojaat qilgan edi. Ammo Greciyadan buni so’rash mantiqqa to’g’ri kelmas edi.Bu narsa faqat Greciya qiroli boshchiligidagi Germaniya tarafdorlari poziciyalarini mustahkamlar edi.Qolaversa Greciya Bosh vaziri
Venizelos Antanta tarafdori bo’lsa-da, Greciya urushga o’zining ashaddiy dushmani bo’lgan Bolgariga hududiy yon bosishlar evaziga kirmasligi aniq edi.

Antantaning Serbiyadan umidi katta edi.serbiya urushga kirgan edi. Va neytral Greciyaning axvoliga ko’ra uning axvoli qiyinroq edi.serbiya bosh vaziri Pashich Bolgariyaga serb Makedoniyasini berishga qaror qildi, buning evaziga agar Antanta g’alaba qozonadigan bo’lsa, Serbiya Avstriyaga tegishli bo’lgan bir qator janubiy slavyanlar yashaydigan hududlarni olishi kerak edi.Ammo bunday noaniq vadalar bilan Bolgariyani ko’ndirish juda qiyin edi.Bolgariya Antanta tarafida urushga kirishi uchun makedoniyani talab qilayotgan edi.Bunga serblar “Makedoniyaning bir qismini bolgarlarga berguncha, butun Serbiyani Avstriya bergan maqul “ deb javob berdilar.

Germaniyaning Bolgariyadagi ta’siri juda katta edi.qirol Ferdinand ularning tatafida edi.Urushning birinchi kunlaridanoq Germaniya va Avstriya
Bolgariyani Serbiyaga hujum qilishga undab kelayotgan edi.Germaniya va uning ittifoqchilari Bolgariyaga butun Makedoniyani, eski Serbiyani va agar Ruminiya Antantaga qo’shilsa, Janibiy va Shimoliy Dombrudjani berishga vada berdilar.Ammo Bolgariya hali urushga tayyor emas edi. Bolgariya neytral vaziyatda qolishni afzakl topdi.

Bolgariya uchun bo’lgan kurashning natijasini harbiy vaziyatning o’zgarishi hal qildi. Dardanel operaciyasining mag’lubiyatga uchrashi, rus armiyasining sharqiy frontdagi og’ir mag’lubiyati va Avstriya va Germaniya qo’shinlarining Serbiyaga qarshi katta qo’shin yuborishi ham bolgar hukmron doiralarining qo’rquvini bosdi. Qirol Ferdinand va uning tarafdorlari katta o’ljalar vada berayotgan, ammo Bolgariya uchun havfli bo’lgan
Germaniya tarafida urushga kirishga qaroq qildilar.1915 yil 3 sentyabr kuni
Turkiya – Bolgariya, 6 sentyabr kuni esa Bolgariya, Germaniya va Avstro-
Vengriya o’rtasida o’zaro ittifoqchilik to’g’risida shartnoma imzolandi.
Shunday qilib “To’rtlat ittifoqi” tuzildi.

Greciya borasida ham qiyinmasala turar edi.U kim tarafida urushadi?
Germaniya tarafidami yoki Antanta? 1915 yil avgustda Greciya parlamentiga saylovlar natijasida hukumat tepasiga yana Venizelos keldi. O’sha yili sentyabrda Bolgariyaning Serbiyaga hujum qilish xavfi tug’ilganda grek bosh vaziri Serbiyaga yordam berishi haqida aytdi, lekin buning uchun ittifoqchi davlatlar Salonikiga 150 ming kishilik armiyani jo’natishlari kerak edi.

Franciya va Angliya Venizelosning ushbu taklifini qabul qildilar. Ammo francuz qo’mondoni Joffer bunga qattiq qarshilik ko’rsatdi. Aytilgan qo’shinga 22 ming kishi yetmas edi.Greciya bilan ittifoqchilar o’rtasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda grek qiroli ikkinchi marta Venizelosni lavozimidan ozod etdi va Greciya yana o’z neytralitetini e’lon qildi.Salonikiga hali bor yo’g’i 80 ming kishilik armiya tashlangan edi.
Bundan foydalangan Bolgariya qo’shinlari 14 oktyabr kuni Serbiyaga hujum qildi. Bir paytning o’zida shimol tarafdan Avstro-Vengriya va Germaniya qo’shinlari hujumga o’tdi. Ittifoqchilarning Salonikidagi qo’shinlari
Serbiyani qutqarib qola olmadi.Serbiya armiyasi to’la mag’lubiyatga uchradi va uning qolgan qutgan qismi Korfu oroliga evakuaciya qilindi.

Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya

Yevropadagi urush Yaponiya uchun qulay vaziyat tug;dirar edi. Buning natijasida Yaponiya Germaniyaning Xitoydagi va Tinch okeanidagi mustamlakalarini bosib oldi.1914 yil Yaponiya Xitoyga qarshi hal qiluvchi jangga tayyorlana boshladi.

!914 yil dekabr oyida Yaponiya tashqi ishlar vaziri Kato yapon siyosatining mazmunini ommaga anglatish uchun nutq so’zladi. 1914 yil 15 avgust kuni Yaponiyaning Germaniyaga qo’ygan ultimatumiga ko’ra Yaponiya o’sha paytda Germaniyaga tegishli bo’lgan Czanchjouni Xitoyga qaytarib berish maqsadida olayotganini malum qilgan edi. Endi esa Kato bu taklif
Germaniyaga faqat mojaroning tinch yo’l bilan hal qilish umidida qilinganligini takidlaydi. Nemislar bu taklifga ko’nmadilar va “endi
Czanchjou taqdiri urush tugagandan so’ng hal qilinadigan bo’ldi.Yaponiya hech bir boshqa chet davlat oldida ushbu masala yuzasidan majburiyat olgani yo’q.” [1]

Umuman olganda Yaponiya Uzoq Sharqda faqat Germaniya yerlari bilan cheklanib qolmas edi. Gap butun Xitoyning taqdiri haqida ketayotgan edi.1915 yil 18 fevral kuni Xitoy hukumatiga yaponiyaning rasmiy notasi jo’natiladi.Unda Yaponiyaning Xitoyga 5 qismdan iborat bo’lgan 21 moddali talablari joy olgan edi.

Talablarning birinchi guruxi Shandunni Germaniya tasir doirasidan
Yaponiya tasir doirasiga aylantirishni ko’zda tutar edi. Bu gurux talablarning eng muximida shunday deyilardi:”Xitoy hukumati Shandun provinciyasi borasida Yaponiya va Germaniya qandat qarorga kelishidan qat’iy nazar ilgari Germaniya bilan tuzilgan kelishuvlar, shartnomalar sababli hamma shartlarga to’la rozilik berish majburiyatini oladi.

Talablarning ikkinchi guruxi esa Shandun provinciyasi boshiga tushgan taqdirni sharqiy Mo’g’uliston, Janibiy Manjuriya boshiga solishni nazarda tutar edi. Port-Artur, Janibiy Manjuriya va Andun-Mukden temir yo’llarining ijaraga olish muddati yana 99 yilga cho’zilishi ko’zda tutilgan edi. Undan tashqari yapon fuqarolari Janubiy Manjuriya va Sharqiy Mo’g’ulistonda yangi yerlar sotib olish, ushbu hududlarga erkin ko’chib kelish va u yerlarda sanoat, savdo-sotiq va boshqa sohalar bilan shug’ullanish huquqini olar edilar. Xitoyga tog’-kon sanoatida Yaponiyaga koncessiyalar berish taklif qilingandi. Bundan tashqari Xitoy Yaponiyaning roziligisiz ushbu hududlarda temir yo’llar qurilishi bo’yicha boshqa davlatlarga koncessiyalar bermaslik majburiyatini olishi kerak edi.va nixoyat Xitoy
Yaponiyaga Girin – Chanchun temir yo’lini nazorat qilish va boshqarishni topshirishi kerak edi.

Uchinchi gurux talablar esa asosan Xitoydagi yapon korxonalariga katta imtiyozlar berilishiga qaratilgan edi. Unda asosan Xanyepin kompaniyasi, ko’mir-metallurgiya kombinatini aralash xitoy-yapon jamiyatiga aylantirish mo’ljallangan edi. Yaponiyaning roziligisiz Xitoy o’z tashabbisi bilan bu kompaniyaga berilgan haq-huquqular va mol-mulkdan foydalanoshi taqiqlanadi va ushbu vakolat Yaponiya uchun 2007 yilgacha berilishi kerak edi.Xanyonin kompaniyasiga uning korxonalari atrofida joylashgan tog’-kon resurslaridan foydalanishga monopol huquq berilgan edi.

To’rtinchi gurux talablarda oldingi talablarning kafolati tarzida
Xitoyning hududiy yaxlitligini taminlash haqida gap borar edi. Aslida esa bu Yaponiyaning Xitoyda gegemonligini taminlashiga qaratilgan tadbir edi.

Lekin eng qiyin talablar beshinchi gurux talablar edi.Ushbu talablarning qabul qilinishi Xitoyning Yaponiya protektoratini qabul qilishni anglatardi.ulkardan asosiylari quyidagilar:”1-modda. Xitoy hukumati muhim iqtisodiy, siyosiy va harbiy ishlar bo’yicha yapon mutaxasislarini maslahatchi tarzida taklif qiladilar.” 3-modda.”Xitoyning markaziy joylarida policiya yaponlar va xitoylar tomonidan boshqarilishi yoki u yerda policiyachilar asosan yaponlardan iborat bo’lishi kerak .” 4- modda.”Xitoy Yaponiyadan Xitoy hukumatiga kerak bo’lgan malum miqdordagi qurol-aslaha sotib oladi(umumiy talabning 50% miqdorida)yoki Xitoyning o’zida yapon-xitoy arsenali yaratiladi.Bu maqsadda Yaponiyadan texnik ekspertlar taklif qilinishi va yapon materiallari sotib olinishi mumkin.”
Huddi shu yerda Xitoyning Fuczyan provinciyasini yapon tasir doirasiga kiritishni nazarda tutgan modda bor edi.Ushbu provinciya juda qulay geostrategik nuqtada joylashgan bo’lib, Yaponiyaning Gonkong va Filippinni susaytirish uchun yaxshi imkoniyat yaratar edi.Undan tashqari yapon fuqarolari missionerlik faoliyati bilan shug’ullanish erkinligini beruvchi modda ham bor edi.Agar Yaponiyaning 21 modda talablari malgam oshsa, Xitoy
Yaponiyaga to’la ravishda bo’ysundirilar edi.

AQSh Yaponiyaning Xitoydagi harakatlarini cheklashga harakat qildi.
Shu maqsadda AQSh Xitoyga diplomatik yordam ko’rsatdi. 1915 yil mart oyida
AQSh davlat kotibi Brayan Yaponiya hukumatiga uning Xitoyga nisbatan qo’yilgan talablarga qarshiligi haqida nota yubordi.

Yuan Shikay hukumati yapon hukumatiga o’z javobini aytishga shoshilmas edi.Buning sababi o’laroq Yaponiya Shandun, Manchjuriya va bir qator joylarda o’z qo’shinlarini kuchaytirdi.

Xitoy esa qolaversa Yaponiyaning Czyanchouni qaytarishini va kelgusi yapon-german muzokaralarida xitoyning ham ishtirok etishini so’radi. Buning javobi tarzida 1915 yil 7 may kuni Yaponiyaning Xitoyga nisbatan ultimatumi e’lon qilindi.Unga ko’ra agar Xitoy Yaponiya qo’ygan talablarga rozi bo’lmasa, unda Yaponiya o’zi joiz deb bilgan istalgan chorani qo’llashini aytdi. Ammo Amerikaning aralashuvidan hadiksirab
Yaponiya beshinchi gurux talablaridan voz kechdi. Faqatgina Funczyan provinciyasiga aloqador modda qoldirilgan edi.

AQSh boshqa yirik davlatlarning aralashuvini tashkil etmoqchi bo’ldi.
Ammo na Angliya, na Rossiya Germaniyaga qarshi urush sharoitida Yaponiya bilan janjallashishni istamas edi. 8 may kuni Xitoy ultimatum shartlarini qabul qildi.

Oradan bir necha kun o’tmasdan AQSh Tokioga shuni habar qildiki, AQSh hukumati Xitoy va Yaponiya o’rtasidagi shartnomani tan olmaydi va ushbu shartnoma AQSh manfaatlariga to’gri kelmaydi, qolaversa Xitodagi hamma millatlar haq-huquqlarini poymol etadi.Ammo AQSh amalda Xitoyga yordam berish uchun hech qanday choralar qo’llamadi.

Birinchi jahon urushining yakunlanishi

Rossiyada fevral inqilobi oqibatida bu davlat urushdan chiqishga majbur bo’ldi. Buning uchun 1918 yil 3 martda Brest-Litovsk shaxrida Germaniya bilan tinchlik shartnomasi imzolandi.Brest-Litovskdagi shartnoma Antanta mavqeini anchagina kuchsizlantirdi. Germaniya bundan foydalanib hal qiluvchi zarba berishga ahd qildi.1916 yildan boshlab Germaniya Sharqiy
Yevropani o’z nazorati ostiga olgan, uning barcha boyliklari, ayniqsa, oziq- ovqatidan foydalanish, o’zining barcha qurolli kuchlarini g’arbiy frontda to’plashga erishgan edi.Jang deyarli 4 yildan buyon davom etar, tomonlarning hech qaysisi hal qiluvchi muvaffaqiyyatga erisha olmagan edi.
Front chizig’ining har ikki tomonida qazilgan handaklar Belgiya soxillaridagi Nyu-Port shaxridan Ipr, Arras, Albert, Suasson, Reyms va
Verdengacha cho’zilgan edi.Ko’plab qurbonlar berilishi va zaharlovchi moddalar hamda tanklar singari yangi qurol turlaridan foydalanishga qaramay, urushayotgan tomonlarning muvaffaqqiyat qozonish uchun jon- jaxdlari bilan qilgan harakatlari hech bir natija bermadi.

Germaniya qo’mondonligi jangni g’olibona ta’sirchan zarba bilan yakunlashga qaror qildi. 1918 yil aprel oyida nemis qo’shinlari Antanta mavqelariga kuchli hujum boshladi. Dastlab ular muvaffaqiyatli hamla qilib,
Antanta qo’shinlari mudofaasini yorib o’tdilar va Marna daryosi sohillariga chiqdilar. Uzoqqa otadigan to’plar bilan Parijni o’qaa tutdilar. Ammo muvaffaqiyatni mustahkamlash uchun Germaniya yetarli zaxira topa olmadi.Mamlakat holdan toygan, armayaning harbiy ruhi cho’kkan, xalq urushdan charchagan edi. Ayni paytda Antanta AQSh dan to’xtovsiz yordam olib turardi. AQSh “shartnomaga qo’shilgan mamlakat” sifatida 1917 yil aprel oyida urushga kirgan edi.Germaniya endi hujum qilishdan ojiz ekanligi ma’lum bo’lib qolgach, Antanta mamlakatlari barcha frontlarda hujumga o’tadilar va nemis qo’shinlari bosib olgan Belgiya va Franciya hududidan siqib chiqara boshladilar.

Antanta davlatlarining hujumi 1918 yil avgust oyida boshhlandi.
Germaniyaning g’arbdagi fronti yorib o’tildi va Antanta qo’shinlari uchun
Germaniya hududiga yo’l ochildi.Bolqonda, Saloniki shahri yaqinlarida ittifoqchilarning ko’p millatli ekspediciya korpusi bolgar qo’shinlari mudofaa chiziq’ini yorib o’tdi va oktyabrda Dunay soxillariga chiqdi.Avstriya qo’shinlari Vitoriyo Veneto yaqinida 1918 yil sentyabrida mag’lubiyatga uchradilar. Germaniya boshchiligidagi To’rtlat ittifoqi harbiy jihatdan mag’lub bo’lib, tarqalib ketdi.

Germaniya oliy qo’mondonligi shundan keyen mag’lubiyatdan qochib qutulolmasligini anglab yetdi. Amalda butun hokimiyatni o’z qo’lida tutgan
Germaniya bosh shtabi boshlig’i general E. Lyudendorf Germaniyaning harbiy mag’lubiyatini tan olmagan holda faxrli tinchlik bitimini imzolash yo’llarini qidira boshladi. Kelajakda mag’lubiyat mas’uliyati harbiylarga, armiya va generallarga emas, balki Germaniya armiyasini saqlab qolish uchun bu ishni hal qilishga hozir bo’lgan fuqaro shaxslar, diplomatlar va amaldorlar zimmasiga tushishi uchun tezda sulx tuzulishini talab qilmoqda edi. Ammo ittifoqchilar, birinchi navbatda AQSH prezidenti Vudro Vilson muzokaralarni faqat Germaniya demokratik hukumati vakillari bilan olib borishlari mumkinligini aytib, kayzer Vilgelm hukumati bilan bitim tuzish taklifini qat’iyan rad etdilar. Lyudendorf ittifoqchilarning bu taklifini qabul qilinishini va darhol demokratik asosda yangi hukumat tuzishni yo’qlab chiqdi.1918 yil oktabyirida shaxzoda Maks Badenskiy hukumati tuzildi.U Germaniya xalqi nomidan muzokara olib borishi kerak edi.Ammo
Antanta mamlakatlari hukumatlari buni qabul qilmadi, chunki u kayzerning avtoritar tartiboti vakili edi.

Bu orada Antanta qo’shinlari barcha frontlarda hujumni kuchaytirdilar va Germaniya ittifoqchilari birin-ketin taslim bo’la boshladi.

1918 yil 4 oktyabr kuni Chexiya va Slovakiya Avstro-Vengriya tarkibidan ajralib chiqdi hamda mustaqil Chexoslavakiya davlati tuzilganinin e’lon qilindi.

28 oktyabrda Serb, horvat va slovenlar qirolligi tuzilganligi e’lon qilindi. (1918 yildan boshlab Yugoslaviya qirolligi). Shimoliy Bukovina
Ukrainaga, Galiciya Polshaga qo’shliganligini bildirdi

31 oktyabrda Avstriya va Vengriyada monarxiyalar ag’darib tashlandi hamda Avstriya va Vengriya respublikalari tuzildi. Ular Antanta mamlakatlari taklif etgan yarashuv shartlarini qabul qildilar.

1918 yil 29 sentyabrda Bolgariya, 30 oktyabrda Turkiya, 3 noyabrda
Avstro-Vengriya taslin bo’ldi.30 oktyabrda Turkiya imzolagan tarashuv bitimiga ko’ra, uning qo’shinlari arab mamlakatlaridan olib chiqilishi, turk armiyasi qurolsizlanishi, flot ingliz va francuz boshqaruvi ostiga o’tishi lozim edi.

1918 yil 30 sentyabr kuni Germaniya hukumati AQSh ga yarashuv bitimini imzolash taklifi bilan murojaat qildi. Ayni paytda qo’shinlar qo’mondonligi
Mamlakat harbiy axvolini yaxshilash uchun yirik dengiz operaciyasini boshlash haqida qaror qabulk qildi. 30 oktyabrda Germaniya harbiy eskadrasi

1918 yil 9 noyabr kuni Germaniyada respublika e’lon qilindi.Oradan ikki kun o’tgach, 1918 yil 11 noyabr kuni Parij yaqinidagi Kompyen o’rmonida,
Yevropadagi Antanta qo’shinlari bosh qo’mondoni francuz marshali Foshning vagon qarorgohida Germaniya hay’ati o’z hukumati nomidan yarashuv haqidagi, amalda Germaniyaning mag’lubiyati borasidagi bitimni imzoladi.

Xulosa

Birinchi jahon urushi mobaynida xalqaro munosabatlar asosan urushayotgan mamlakatlar o’rtasidagi ziddiyatlarning kuchayishi va har bir davlatning hoh u yirik bo’lsin, hoh u kichik urush paytida vujudga kelgan ba’zi bir qulay vaziyatlardan foydalanib qolish bilan asoslanadi.Urush davomida va ungacha bo’lgan paytda asosan ikki blok Antanta va Germaniya boshchiligidagi blokning o’zlariga ittifoqchilar axtarish, urushning borishini o’z foydalariga hal qilish uchun kurash boradi.Ammo voqealar qanday rivojlanishidan qatiy nazar birinchi jahon urushida hech bir urushyotgan davlat aytarli yutuqqa erishmadi.Bu urushda bevosita 36 davlat qatnashib, ularning urushga jalb etgan inson resurslari 70 milliondan oshdi.Qurbon bo’lganlar va yaralanganlar soni esa 18 million kishini tashkil etdi.

Foydalangan adabiyotlar

1. “1914 yil 1 avgust”, Yakovlev N. N.,Moskva, Fargus.

2. “Yangi va eng yangi tarix”, Popov E. I., Moskva.

3. Yevropa tarixi,Koll. avtorov.,M.,1986-1996

4. Eng yangi tarix XX asr, Kreder A.A, M., 1996

5. Jahon tarixi-eng yangi davr, 1 qism, G.A. Hidoyatov , T.,2000
-----------------------
[1] “Mejdunarodniyi otniosheniya…”,seriya iii, t.VI, ch. 11,25 b.




Íàø îïðîñ
Êàê Âû îöåíèâàåòå ðàáîòó íàøåãî ñàéòà?
Îòëè÷íî
Íå ïîìîã
Ðåêëàìà
 
Ìíåíèå àâòîðîâ ìîæåò íå ñîâïàäàòü ñ ìíåíèåì ðåäàêöèè ñàéòà
Ïåðåïå÷àòêà ìàòåðèàëîâ áåç ññûëêè íà íàø ñàéò çàïðåùåíà